Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning mustaqillik davridagi yutuqlari deklaratsiyada qayd etiladi
Qozog‘istonning mustaqillik yillarida erishgan asosiy yutuqlari respublika parlamenti palatalarining qo‘shma majlisi chog‘ida muhokamaga kiritilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Qozog‘iston 16 dekabrda mamlakat mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi. Ushbu bayram munosabati bilan respublikada turli tantanalar o‘tkazilmoqda.
"Qozog‘iston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan deklaratsiya — juda muhim tarixiy davrga bag‘ishlangan hujjatdir. Ushbu qisqa davr ichidagi barcha natijalar va yutuqlar — millat yetakchisi Nursulton Nazarboyev nomi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bu prezidentga har tomonlama yordam bergan mamlakat birligi natijasidir. Shuning uchun ham, ushbu hujjatni muhokama qilish mustaqillik yubileyining ahamiyatini oshiradi", — degan Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi raisi Nurlan Nigmatulin.
Bundan avvalroq, parlament palatalari qo‘shma majlisida, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrini Nazarboyev sharafiga qayta nomlash taklifi bildirilgani haqida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025