Jahon | 11:17 / 23.11.2016
31239
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori, biroq...

Foto: AP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish tarafdori, biroq bu yo‘nalishda tubdan burilish yasamoqchi emas. Bu haqida respublikachi The New York Times gazetasi jurnalistlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon muloqotiga doir tafsilotlar bilan bo‘lishishdan bosh tortgan. Shunday bo‘lsa-da, Putin bilan munosabatlar yaxshilansa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta'kidlagan, biroq Vashington va Moskva o‘rtasidagi munosabatlarni ta'riflashda "qayta yo‘lga qo‘yish" so‘zini qo‘llashga qarshiligini bildirgan. 

"Ro‘y bergan voqealardan keyin bu so‘zni qo‘llashni joiz deb bilmayman", - dedi Tramp. Saylov oldi kampaniyasida respublikachi bir necha marta Hillari Klinton tomonidan qo‘llangan Rossiya-Amerika munosabatlarini "qayta yo‘lga qo‘yish" borasidagi urinishlari tanazzulga yuz tutganini yodga soldi. Trampning fikricha, Klinton va Barak Obama ma'muriyatining xatolari sababli AQSh va RF o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. 

Maqolada yozilishicha, Tramp jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida Suriyadagi to‘qnashuvlarni to‘xtatishga doir aniq g‘oyalari borligini ma'lum qilgan, biroq bu boradagi rejalariga batafsil to‘xtalmagan. 

Mavzuga oid