Jamiyat | 17:54 / 24.11.2016
39826
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik qotil-enaga jinoiy javobgarlikdan ozod qilindi

Foto: rbc

Moskvadagi Xoroshevskiy sudi 4 yoshli qizning o‘limida ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga jo‘natdi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.

Shafqatsiz qotillik joriy yilning fevral oyida sodir bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova qizchaning ota-onasi to‘ng‘ich farzandini olib, uydan ketishini poylab, 4 yoshli qizni o‘ldirib, kvartirani yoqib yuborgan va ko‘chaga chiqib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol 20 daqiqacha vaqt ko‘chada qizchaning tanasidan judo qilingan kallasini ushlab, o‘zi bilan o‘zi suhbatlashgan va yo‘lovchilar hamda politsiya xodimlariga tahdid qilgan. Qotilni metroga tushish joyida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishgan. 

Ekspertiza natijalari 39 yoshli Boboqulovaning surunkali ruhiy kasallikka chalinganligini tasdiqladi.

Ayolga bolaning o‘limi, uyga o‘t qo‘yish hamda portlash haqidagi yolg‘on xabar bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Boboqulova aybini tan olgan. 

 

Gulchehra Boboqulova o‘zini O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘radi

Mavzuga oid