Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Andijon»ning sobiq legioneri o‘ziga va'da qilingan pullar berilmaganidan nolidi
Ikkinchi davrada «Andijon» jamoasi safida to‘p surgan moldovalik Andrey Bugnyak klubdagi vaziyat borasida gapirib o‘tdi.
«Andijon» rahbariyati o‘z ishini yaxshi bajara olmadi. Vaziyat shu darajada ediki, ba'zi o‘yinlariga o‘z hisobimizdan borib keldik va ovqatlandik. Bundan tashqari, bizga va'da qilingan pullarni berishmadi.
Klubning mendan qarzlari bor. Lekin men u yerdan oldinroq ketdim. Qolgan pulni to‘lashmasa kerak. Ular haqida hech narsa eshitishni ham istamayman. Shunchaki u yerdan hujjatlarimni olib ketsam bo‘ldi.
Ammo u yerdan ham ijobiy xotiralar qoldi. Menga ayniqsa «Andijon» jamoasining muxlislari yoqdi», deya Bugnyakning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tribuna.uz internet-nashri.

Eslatib o‘tamiz, Bugnyak ikkinchi davrada andijonliklar safiga kelib qo‘shilgan, biroq taxminan bir yarim oy muqaddam u jamoani tark etgan.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025