Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshli batareyalardan iborat yo‘l qoplamasi ishlab chiqildi
Fransiyaning Bouygues xoldingi bo‘linmasi Wattway 18 g‘ildirakli yuk mashinasining vaznini ko‘tara oluvchi quyoshli batareyalar panelini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Ular yo‘l qoplamasi sifatida o‘rnatilmoqda. Besh yillik tadqiqot va laboratoriya sinovlaridan so‘ng kompaniya 100 ta ochiq sinov poligonini qurib, texnologiyani 2018 yilda tijoratga kiritmoqchi.
Wattway panellarning chidamliligi uchun bir necha turdagi plastmassadan foydalanmoqda. Elektr simlar tarmog‘i yo‘lga joylashtiriladi, konstruksiyaning yuqori qismi esa maydalangan oynadan yaratilib, bu sirg‘anishning oldini oladi.
Bir kilometrlik sinov poligoni oktabr oyida Fransiyaning Turuvr shahrida qurila boshlandi. 2,8 ming kvadrat metr quyosh panellari 280 kilovatt-soatni yuzaga keltiradi.
Ayni damda yo‘l qoplamasining bir kvadrat metri 2-2,5 ming yevroga tushmoqda. Wattway oddiy quyoshli panellarni ishlab chiquvchilar bilan raqobatlashish maqsadida 2020 yilga qadar narxlarni arzonlashtirishga harakat qiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025