Nazarboyev Ostona shahri nomini o‘zgartirish g‘oyasiga o‘z munosabatini bildirdi
Qozog‘iston prezidenti “Rossiya 24” telekanaliga intervyu berib, mamlakatning sanoat-innovatsion rivoji salmog‘i, davlatning iqtisodiyotdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi, xabar bermoqda NUR.KZ Akorda’ga tayangan holda.
Qozog‘iston prezidenti suhbat davomida mamlakat poytaxtining rebrendingi masalasiga ham to‘xtaldi.
“Men bu yerda yashayman va hamma narsani eshitaman. Men bunga javob bergandim... Hamma Ostonani biladi. Bu brend. Shu sababdan uning nomini o‘zgartirishning keragi yo‘q. Ostonada 21 asrdagi ilk YeXHTning sammiti bo‘lib o‘tdi. Osiyo qishki o‘yinlari o‘tkazildi. Endi butunjahon EXPO-2017 bo‘lib o‘tadi. Buning barchasi Qozog‘iston bilan bog‘liq, biroq hammasida – Ostona nomi yangraydi. Buni o‘zgartirishning nima keragi bor?”, - dedi Nazarboyev intervyu davomida.
Eslatib o‘tamiz, 23 noyabr kuni parlament deputatlari QR mustaqilligining 25-yilligi deklaratsiyasini qabul qilishdi. Unda Ostona nomini o‘zgartirish haqida so‘z yuritiladi. Poytaxt nomida Nursulton Nazarboyev ismi aks etishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024