Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bavariya"ga yangi prezident tayinlandi
Uli Xyoness "Bavariya" prezidenti lavozimiga qaytdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Bu haqda klubning har yili o‘tkaziladigan yig‘ilishidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra ma'lum bo‘ldi.
64 yoshli Xyoness klub prezidenti lavozimi uchun yagona nomzod bo‘ldi. U 98,5 foiz oldi va 2019 yilgacha klub prezidenti bo‘lib qoladi.
Xyoness 2014 yilda unga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani bo‘yicha hukm chiqarilishi sababli klub prezidenti lavozimidan ketgandi. U 3,5 yillik qamoq jazosiga tortilgan va 2016 yil fevralida ozodlikka chiqqan. Bu vaqt davomida klub prezidenti lavozimini Karl Xopfner egallagan.
Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025