Jahon | 09:05 / 27.11.2016
4053
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada jala keltirib chiqargan astma sababli 6 kishi halok bo‘ldi

Foto: Getty Images

Avstraliyada jala keltirib chiqargan kuchli astma xuruji sababli 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Ta'kidlanishicha, kuchli shamol va yomg‘ir Viktoriya shtatida yuqori namlik raygras o‘simligi gulchanglarini tarqalishga majbur qilishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida astmadan aziyat chekuvchilarda kuchli astma xuruji boshlangan. Bu holat 6 kishining umriga zomin bo‘lgan. Astmaning bu turi "jala astmasi" deb ham ataladi. 

Shunga o‘xshash alomatlar kuzatilayotgan yana 5 kishi jadal tibbiy yordam olmoqdalar, yana uch kishining ahvoli og‘ir, deya baholangan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid