Sport | 10:21 / 27.11.2016
21993
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 20 yoshli grossmeyster fojiali tarzda halok bo‘ldi

Foto: Rossiya shaxmat federatsiyasi

Klassik shaxmat bo‘yicha Rossiya sobiq chempioni, 20 yoshli grossmeyster Yuriy Yeliseyev Moskva shahrida fojiali tarzda halok bo‘ldi.

«Tunda yaqin do‘stim, ajoyib shaxmatchi va tahlilchi, men tanigan eng iqtidorli insonlardan biri Yuriy Yeliseyev fojiali tarzda halok bo‘ldi», – deya yozgan marhumning yaqin do‘sti, grossmeyster Daniil Dubov «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i orqali.

U marhumning o‘limi tafsilotlarini ham keltirgan. Ma'lum bo‘lishicha, shaxmatchi deraza orqali 12-qavatning balkoniga o‘tmoqchi bo‘lganida pastga qulagan.

Yeliseyev 2012 yilda kadetlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan, 2013 yili esa grossmeyster unvonini olgandi.

16 yoshida u klassik shaxmat bo‘yicha Rossiya chempioniga aylangandi.

Yuriy Yeliseyev FIDe reytingida (Xalqaro shaxmat federatsiyasi) 212-o‘rinni egallab turgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid