Jamiyat | 23:41 / 28.11.2016
23912
5 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng asosiy 14 ilmiy hodisasi (Popular science versiyasi)

Yetakchi ilmiy-ommabop jurnallardan biri hisoblangan Popular Science 2016 yilning eng asosiy ilmiy hodisalari ro‘yxatini taqdim etdi. Quyida joriy yilning eng ahamiyatga molik ilmiy hodisalari diqqatingizga havola etiladi. 

 

Pandalar endilikda yo‘qolish xavfi ostida emas

Joriy yilning sentabr oyida Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi pandalarni "yo‘qolish xavfi ostidagi jonivorlar" ro‘yxatidan chiqardi. 

 

SpaceX suvga raketa qo‘ndirdi

Aprel oyida SpaceX tarixiy voqeani amalga oshirdi - u okean o‘rtasidagi boshqaruvchisiz kemaga raketa qo‘ndirdi. Harakatlanayotgan platformaga raketa qo‘ndirish kompaniyaga kelajakda raketa tashuvchilarni qayta tiklash va (ehtimol) raketa tashuvchilarni yana amalda qo‘llash imkonini beradi, bu koinotga chiqish uchun sarflanadigan xarajatni 30 foizga pasaytiradi. 

 

Virtual reallik hamma uchun

Virtual reallikning yuqori sifatli garnituralarining aksariyati kuchli kompyuterlarni talab qilayotgan bir paytda, Sony - PlayStation 4 bilan ishlamoqda. Ularni sozlash uchun muhandis diplomi kerak emas. 

 

Gravitatsion to‘lqinlar topildi

LIGO rasadxonasi 1,3 milliard yil avval to‘qnashgan bir juft qora tuynuk gravitatsion to‘lqinlarini aniqladi. 

 

Iqlim foydasiga yoqilg‘i va dizeldan voz kechish

Dunyo iliqlashmoqda va kelgusi avlod muzlarning erishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining qurishi, o‘rmon yong‘inlari va shiddatli bo‘ronlarga duch kelishi kutilmoqda. Oregonalik sudya Enn Ayken tufayli 21 kishidan iborat guruhi iqlim o‘zgarishlarining oldini olmagani uchun hukumatni sudga berish huquqini qo‘lga kiritdi. Niderlandiyada sud "Hollandiya hukumati 2020 yilda chiqindilari 1990 yilga nisbatan 25 foizga kamaytirishni ta'minlashi kerakligi" to‘g‘risida qaror chiqardi. 

 

Saratonga qarshi virus

Olimlar viruslar immun tizimining saratonga hujum qilishga majbur qilishi mumkinligini bilishardi, lekin organizmimiz inkor qilmaydigan viruslar modifikatsiyasi vaqt talab qilar edi. 2015 yilning oxirida ishlab chiqilgan IMLYGIC - FDA tomonidan tasdiqlangan birinchi virusli-saraton preparati bo‘ldi.

 

Quyosh tizimida to‘qqizinchi sayyora bo‘lishi mumkin

Olimlar Quyosh tizimimizning chegarasida Neptun hajmiga teng gigant sayyora yashiringan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Sayyoraning mavjudligi aniq tasdiqlangan bo‘lmasa-da, hamma narsa shunga ishora qilmoqda. Ushbu taxmin tasdiqlangan taqdirda, Quyosh tizimi yana to‘qqiz sayyorali bo‘ladi. 

 

WhatsApp'ning shifrlanishi milliardlab kishilarni xavfsizlantirdi

Aprel oyida WhatsApp ovozli va matnli xabarlar hamda qo‘ng‘iroqlarni to‘liq shifrlashni yo‘lga qo‘ydi. Bu shubhasiz, foydalanuvchilar xavfsizligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. 

 

Tabiatni asrash

Antarktida va Atlantika okeanida dengiz turlarini saqlash dasturi ishlab chiqildi. Agar imkon bo‘lganda, u yerlarda yashovchi pingvinlar, qotil kitlar va sakkizoyoqlar buning uchun rahmat degan bo‘lishardi. 

 

Dengega qarshi vaksina

Har yili dunyoda 400 million kishi chivinlar orqali yuquvchi denge kasalligiga chalinadi. Bu kasallik yuqori harorat, kuchli bosh og‘riq, qayt qilish, ba'zan esa o‘limga olib keladi. Bu yili Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dengeni bartaraf etuvchi ilk vaksinani tavsiya qildi. Braziliya va Filippin kabi "qaynoq hududlar"da unga qarshi emlash ishlari boshlandi. 

 

Proksima b

Quyoshga eng yaqin yulduz deyarli Yer hajmiga teng qattiq sayyorani yashirishi ma'lum bo‘ldi. Proksima b — Yerga eng yaqin joylashgan ekzosayyora. 

 

Dunyo bo‘ylab quyoshli batareyalarda sayohat

Uchuvchilar Bertran Pikar va Andre Borshberglar quyoshli batareyalarda dunyo bo‘ylab 40 000 kilometrni bosib o‘tgan Solar Impulse 2'ni qo‘ndirishdi. Jamoa ularning sayohati muhandislarni "yashil" samolyotlarni ishlab chiqarishga ilhomlantirishiga umid bildirmoqda. 

 

Ozon tuynugi qayta tiklanmoqda

Yerni UV- nurlanishdan himoyalovchi Ozon qatlamidagi gigant tuynuk 2000 yildan buyon iqlim sharoitlari va XFUdan foydalanishni kamaytirish tufayli 4 million kvadrat kilometrga qisqardi. 

 

Tasmoniy iblis sutidan muqobil antibiotik

Tasmoniy iblis sutidan topilgan aksilmikrob peptidlar bakterial kasalliklarga qarshi yangi "qurol" bilan ta'minlash xususiyatiga ega. 

Mavzuga oid