Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ikki yashar bola mashinada onasi va ukasini urib yubordi
Rossiyaning Primor o‘lkasidagi Partizan tumanida ikki yashar bola Toyota RAV4 yo‘ltanlamasida onasi va ukasini urib yubordi. Bu haqda IIV hududiy Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, er va xotin Vesenney ko‘chasida joylashgan dachalariga tashrif buyurishadi. So‘ngra avtomobillarida ikki yashar o‘g‘illarini qoldirishadi. Ota uyga kirib ketadi, ona esa qo‘lida bir yashar bolasi bilan mashina yukxonasidan bolalar aravachasini olmoqchi bo‘ladi.
«Ana shu vaqt mashina salonida qarovsiz qolgan bola haydovchi o‘rindig‘iga joylashib oladi hamda avtomat uzatuvlar qutisini ishga tushiradi: mashinaga «Betaraf»da «Joylashtirish» buyrug‘i beriladi. Avtomobil orqaga yura boshlaydi va ortida turgan ayol hamda bolani urib yuboradi», — deyiladi ma'lumotda.
Avariya oqibatida ona qovurg‘asidan va tizzasidan jarohat olgan. Bir yashar bolaning esa peshonalari tilinib, qontalash bo‘lib qolgan.
Voqea yuzasidan tekshiruv boshlangan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025