Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda “Tolibon” qo‘mondoni yo‘q qilindi
“Tolibon” radikal harakati qo‘mondonlaridan biri – Mulla Rayhon Afg‘oniston shimolidagi G‘azni viloyatida amalga oshirilgan harbiy amaliyot chog‘ida yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi politsiyaga tayangan holda.
Hukumat qo‘shinlari chorshanba kuni terrorchilarning soqchilar otryadiga pistirmadan turib hujum qilib, toliblar qo‘mondonidan tashqari yana 15 jangarini yo‘q qildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistondagi vaziyat so‘nggi oylarda ancha murakkablashdi. Mamlakat qishloq joylarida katta hududlarni egallab olgan “Tolibon” harakati yirik shaharlarga hujum boshlagan. Shuningdek, davlat hududida IShID ta'sir doirasi ham oshdi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025