Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda yadroviy tadqiqotlar markazi ochildi
Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasida yadroviy tadqiqotlarning yangi markazi ochildi. Markazning maqsadi - Xitoyning atom energetikasi sohasidagi loyihalarini rivojlantirish yo‘lida texnologik muammolarni hal qilish. Bu haqida Sinxua agentligi xabar berdi.
Markaz Yantay shahrida uch davlat kompaniyasi tomonidan tashkil etildi — Xitoyning bosh yadroviy energiya korporatsiyasi, Xitoy yadroviy sanoat kompaniyasi va Milliy elektroenergetika investitsion kompaniyasi.
Markaz direktori Shu Goganning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot qoshida 10 ta tadqiqot instituti ta'sis etilgan. Ularning faoliyati keng qamrovli sohalarni o‘z ichiga oladi. Atom energiyasidan kompleks foydalanish, radiatsion himoya va yadroviy chiqindilarni qayta ishlash shular jumlasidandir.
Tadqiqotlar Xitoyning uchinchi avlod atom energobloklari loyihalari uchun kerakli jihozlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan texnologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025