Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston kinoteatrlariga kelganlar Davlat madhiyasini tinglashlari lozim bo‘ladi
Hindiston Oliy sudi mamlakat kinoteatrlaridagi seanslarning avvalida davlat madhiyasini ijro etish bo‘yicha qaror chiqardi. Uni tinglash chog‘ida kino muxlislari tik turishlari lozim, deb xabar qilmoqda «BBC».
Aniqlik kiritilishicha, sud qarori 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
«Odamlar ozodlik va vatanparvarlik xususida o‘zlarining shaxsiy fikrlariga rioya qilishlariga chek qo‘yishlari lozim», — deya hakamlar so‘zlaridan iqtibos keltiradi mahalliy OAV.
Hindiston milliy madhiyasini ijro etish amaliyoti o‘tgan asrning 60–70 yillarida keng tarqalgan, biroq keyinchalik barham topgan edi. Ta'kidlanishicha, hozirda Hindistonning 29ta shtatidagi barcha kinoteatrlarga madhiyani ijro etish majburiyatini yuklovchi yagona qonun mavjud emas.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025