Atambayev o‘z lavozimida qachongacha qolishiga oydinlik kiritdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bir yildan keyin davlat rahbarligidan ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
«Bugun prezident bo‘lganimga 6 yil to‘ldi. Vaqt juda tez oqmoqda, lekin afsuslansam bo‘lmas. Men bu yillar davomida Qirg‘iziston fuqarolari yordamida juda ko‘p ishlar qilishga muvaffaq bo‘ldim. Hozir mamlakatimiz butunlay o‘zgardi. Bir yildan keyin ishimni tark etaman va 2-3 yildan keyin nimalarni amalga oshirganimiz ko‘rinadi», — deya Atambayevning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
U 2017 yilning oktabrida «agar qonunchilik yo‘l qo‘ysa» prezidentlik saylovlarini o‘tkazish zarurligini qayd etgan. Davlat rahbarining ta'kidlashicha, kelgusida qaysi partiya vakili hukumat tepasiga kelishi u qadar ahamiyatli emas.
«Menga tizimli ravishda ish olib boradigan siyosatchilar yoqadi. Men o‘rnimga kelishi mumkin bo‘lgan bir necha nomzodlarni bilaman, lekin hozir ularning nomlarini keltirmayman», — deya qo‘shimcha qilgan Atambayev.
Atambayevning hisoblashicha, 2020 yilgacha mamlakatda ikkita kuchli va parlamentda bir-birining o‘rnini almashtira oladigan partiyalar yuzaga kelishi kerak. Shu orqali hukumat tepasiga marginal siyosatchilar kelishining oldini olish mumkin bo‘ladi.
Atambayev 2011 yilda hukumat tepasiga kelgan, uning vakolati muddati 2017 yil oxirida tugaydi.
Bundan oldinroq Qirg‘iziston parlamenti konstitutsiyaga bosh vazir vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha o‘zgartirish haqidagi fikrlar so‘raladigan referendum o‘tkazilishini belgilagandi. Bu referendum 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024