Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada halokatga uchragan samolyot kimga tegishli ekani ma'lum bo‘ldi
Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida halokatga uchragan samolyot venesuelalik tadbirkor va sobiq siyosatchi Rikardo Albasetega tegishli bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
6 yil muqaddam, 2010 yilda Albasete Venesuelada Linea Aerea Meridena Internacional de Aviacion (LAMIA) kompaniyasiga asos solgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Venesuela fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi aviatashuvchiga oshkor qilinmagan sabablarga ko‘ra, parvozlarni amalga oshirish uchun litsenziya bermagan. Keyinroq, tadbirkor uchta samolyotini o‘z kompaniyasidan mustaqil xo‘jalik yurituvchi LAMIA Bolivia kompaniyasiga ijaraga bergan. Kolumbiyada qulagan samolyot ayni shulardan biri bo‘lgan.
Boliviya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi rahbari Tsezar Varelaning so‘zlariga ko‘ra, halokatga uchragan havo kemasi 2016 yil yanvarida sertifikatlashdan o‘tgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Albasete bundan avval kitob do‘konlari tarmog‘i, energetika kompaniyasi va ta'lim xizmatlari taklif qiluvchi tashkilotni boshqargan. U 1990 yillarda Venesuelaning so‘l kayfiyatdagi "Radikal ish" partiyasida ham faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
00:35 / 07.05.2025
Kolumbiyada 6 ta maymunni bojxonadan ishtonlariga yashirib olib o‘tishga uringan shaxslar ushlandi
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi
00:05 / 18.04.2025