Fan-texnika | 20:53 / 02.12.2016
24084
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Toyota Camry’ning ilk fotosurati paydo bo‘ldi

Toyota kompaniyasi keyingi avlod Camry sedanining birinchi tizerini chop etdi. Yangi avloddagi avtomobil namoyishi Detroytda yanvardagi motorshouda bo‘lib o‘tadi. 

Avtosalonda "Kamri"ning amerikancha varianti namoyish qilinadi. Aynan shu avtomobilning chiroqlari va orqa kuzovi suratlarda aks etgan. Mashinaning AQSh uchun varianti boshqa davlatlarga, jumladan Rossiyaga mo‘ljallanganidan ancha farq qiladi: ularning texnik jihozlanishi deyarli bir xil, biroq kuzovlari umuman boshqacha. 

Mashinaning dizayni o‘zgarishi haqidagi ma'lumotdan tashqari, u haqda boshqa batafsil ma'lumot hozircha yo‘q. Model "Leksus"larga o‘rnatiladigan hamda 245 ot kuchi beradigan 2 litrli 4 silindrli turbodvigatel bilan jihozlanishi ehtimoli mavjud.

AQShda yangi Camry keyingi yil o‘rtalarida paydo bo‘ladi. Sal keyinroq mashina boshqa davlatlarda ham sotuvga chiqariladi.

Mavzuga oid