Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng eski Nikon kamerasi mo‘maygina pulga sotildi
Nikon kameralaridan bizning zamonlargacha saqlanib qolgan eng eski nusxasi Avstriyadagi auksionda 384 ming yevroga (406 ming dollar) sotildi va yapon firmasi tarixida eng qimmatbaho kamera bo‘ldi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.
Kamera 1948 yilda ishlab chiqarilgan va Nikon tomonidan yaratilgan 11-kamera bo‘lgan. Kamera bilan birga original charm qutisi va kamarcha ham taqdim qilinadi.
Bundan tashqari, kameraning pastki qismida "Okkupatsiya qilingan Yaponiyada ishlab chiqarilgan" degan o‘yib tushirilgan yozuv bor.
Ta'kidlanishicha, bu kameraga biror narsani suratga olish dargumon, chunki unda nostandart plyonka formati qo‘llangan.





Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025