Jamiyat | 14:03 / 02.12.2016
5633
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya birinchi prezidentining qizi davlatga xiyonatda ayblanib hibs qilindi

Indoneziya politsiyasi mamlakatning birinchi prezidenti Sukarnoning qizi - Rachmavati Sukarnoputrini hibsga oldi. Uni “davlatga xiyonatda gumon qilishmoqda”, deb ma'lum qilgan himoyachi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Sukarnoputri Kelap Dua shahridagi markaziy politsiya bo‘linmasiga olib borilgan. U yerda so‘roqdan o‘tkazilgan ayol qamoqqa olingan.

Xabarda ta'kidlanishicha, mamlakat asoschisining qizi nogironlar aravachasida harakatlanadi.

Avvalroq, mamlakat huquq-tartibot idoralarining rasmiy vakili “tunda 8 nafar inson davlatga xiyonatda gumon qilinib qo‘lga olingani” haqida xabar bergandi. Biroq ularning shaxsi aniqlanmagan.

Indoneziya OAVining taxminicha, hibsga olish Jakarta gubernatoriga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari bilan bog‘liq. Eslatib o‘tamiz, uni Qur'onni tahqirlaganlikda ayblashmoqda.

Mavzuga oid