Kubani kelajakda kim boshqarishi mumkinligi ma'lum qilindi
Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro vafot etsa yoki o‘z lavozimidan ketadigan bo‘lsa, mamlakatni Kuba Davlat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Migel Dias-Kanel yoki Davlat kengashi raisining o‘rinbosari Xose Ramon Machado Ventura boshqarishi mumkin, deb yozadi Havana Times.
Nashrning ta'kidlashicha, Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro 85 yoshda ekanini hisobga olsa,“Kuba kelajagi tabiat qo‘llaridadir”.
Raul Kastro iste'foga chiqsa yoki vafot etsa, Kubaning yangi yetakchisiga 56 yoshli Migel Dias-Kanel yoki 86 yoshli Xose Ramon Machado Venturalardan biri aylanishi mumkin. So‘nggi nomzod avval davlat sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan.
Shu bilan bir qatorda, Dias-Kanelning Kubani boshqarishiga ishonish biroz mushkul. Buning uchun u Kommunistik partiyaning ikkinchi kotibi, so‘ng birinchi kotibi lavozimiga tayinlanishi, shuningdek, Davlat kengashi va vazirlar kengashi raisi bo‘lishi lozim.
Mavzuga oid
14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi
09:00 / 24.10.2024
Kubadagi 70 foiz aholi punktida elektr ta’minoti tiklandi
12:50 / 21.10.2024
Kubada millionlab aholi IESdagi avariya tufayli elektrsiz qolmoqda
08:50 / 21.10.2024