Sport | 23:01 / 02.12.2016
9549
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino Shvaynshtayger haqidagi fikrini o‘zgartirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino haliyam yarimhimoyachi Bastian Shvaynshtaygerni o‘z rejalaridan chiqarib tashlamaganini ma'lum qildi. 

«Albatta, Shvaynshtayger yanvarda «MYu» bilan qolishi mumkin. Senda jamoa bilan shartnoma bo‘lsa, sen o‘z kelajagingni belgilashga haqqing bo‘ladi.

Bastian bizga yordam berishi mumkin. U ham boshqa futbolchilar kabi ko‘proq vaqt o‘ynashi uchun tinmasdan mehnat qilishi lozim. Yozda biz Shvaynshtaygerga kelajagi uchun boshqa bir qator variantlarni taklif qildik. Biroq u shunday sharoitda bo‘lishiga qaramay qolishga qaror qildi. U maydonga tushish uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda. Menga bunday odamlar yoqadi», – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

Mavsum boshida Mourino Bastian Shvaynshtaygerni o‘rinbosarlar jamoasiga jo‘natib yuborgandi. Keyinroq unga asosiy tarkib bilan ishlash imkoniyati berildi. Shvaynshtayger 30 noyabrda Angliya liga kubogi 1/4 final doirasidagi «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvda (4:1) zaxiradan maydonga tushib, mavsumdagi birinchi uchrashuvini  o‘tkazgandi.

Mavzuga oid