Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh boshqa mamlakatlardagi tuzumlarini ag‘darmaydi
AQShning yangi prezidenti Donald Trampning bayonot berishicha, Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlardagi siyosiy tuzumlarni ag‘darish siyosatini olib borishga urinmaydi. U saylovlardan keyingi Tsintsinatti shahridagi tarafdorlari bilan ilk uchrashuvida shu haqda so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Biz tuzumlar va hukumatlarni ag‘darmaymiz. Bilasizmi, Yaqin sharqqa 6 trln dollar ketganini? Bizning maqsadimiz — barqarorlik, tartibsizlik emas. Chunki, biz o‘z mamlakatimizni tiklashni xohlaymiz», — degan Tramp.
Biroq, avvalroq, Tramp o‘z prezidentligi davrida AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari sonini sezilarli oshirish, mamlakatning Yaqin sharq, sharqiy Yevropa va Janubiy-sharqiy Osiyodagi qo‘shinlarini kuchaytirish niyatida ekani ma'lum bo‘lgandi.
Ana shu uchrashuvda Donald Tramp dengiz piyoda qo‘shinlari korpusining iste'fodagi generali «Quturgan it» Jyeyms Mettisni AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlashga qaror qilganini e'lon qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025