Sport | 08:32 / 03.12.2016
13541
2 daqiqa o‘qiladi

OAV Krishtianu Ronalduning katta miqdordagi soliqni yashirganini ma'lum qildi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 150 mln yevrolik soliqni yashirish bo‘yicha firibgarliklarga aralashgani ma'lum bo‘ldi. Bu firibgarlik sxemasini futbolchining agenti Xorxe Mendesh ishlab chiqqan. Soliqlarni yashirishda Joze Mourino ham ishtirok etgan.

Yevropaning 12 ta nashri jurnalistlari professional futbolda noqonuniy pul operatsiyalarini fosh qilish maqsadida Football Leaks konsorsiumga birlashdilar. Konsortsium yaqin uch hafta ichida mojaroli ma'lumotlarni taqdim qilmoqchi, biroq bu konsorsiumga kiruvchi Spiegel nashri bu ma'lumotlardan bir qismini oldinroq chop etdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ronaldu Shveytsariya va Britan Virgin orollaridagi ofshor kompaniyalarda 150 mln yevro miqdorida soliqni yashirgan.

Nashrning yozishicha, soliqni yashirishda Mendeshning mijozi bo‘lgan Joze Mourino ham ishtirok etgan. Mourino 12 mln yevrolik soliqni yashirishda ayblanmoqda.

Bu fosh qiluvchi materiallar chop etilishidan avval Mendesh kompaniyasi Ronaldu va  Mourino "Ispaniya va Britaniya hukumatlari oldida barcha soliq majburiyatlarini to‘liq bajarganlari" haqida bayonot chop etgandi.

 

Mavzuga oid