Sport | 10:20 / 03.12.2016
4319
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zil, Xames va Falkao soliq to‘lashdan bosh tortishda gumon qilinmoqda

Bir necha mashhur futbolchilar soliq to‘lashdan bosh tortishda gumon qilinmoqdalar. Gap germaniyalik yarim himoyachi Mesut O‘zil, portugaliyalik himoyachilar Pepe va Rikardu Karvalyu, kolumbiyalik futbolchilar Xames Rodriges va Radamel Falkao haqida ketmoqda. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. Ularning barchasi, O‘zildan tashqari, taniqli futbol agenti Jorjye Mendeshning mijozlari hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, aynan Mendesh soliqdan qochish firibgarlik sxemasini ishlab chiqqan. 

Avvalroq, Der Spiegel portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 150 mln yevrolik soliqni yashirgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, soliqlarni yashirishda Joze Mourino ham ishtirok etgan. U 12 mln yevrolik soliqni yashirishda ayblanmoqda. 

Bu orada Mendeshning Gestifute kompaniyasi Ronaldu va Mourino soliq firibgarliklariga aloqalari yo‘qliklari haqida bayonot bilan chiqdi.

Mavzuga oid