O‘zbekiston | 10:57 / 04.12.2016
8425
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvaytdagi o‘zbekistonliklar ovoz berishga kirishishdi

O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari qoshida tashkil etilgan saylov uchastkalari ovoz berish uchun ochilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Kuvayt davlatidagi vakilining ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchixonasida ham ovoz berish boshlandi.

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining Kuvayt davlatidagi vakili Zunnunov G‘.A. ta'kidlashicha, elchixonada o‘zbekistonliklar uchun barcha sharoitlar muhayyo. Barcha ko‘tarinki kayfiyatda yangi davlat rahbariga ovoz berish uchun tashrif buyurmoqda.

Umumiy bo‘lib 20 milliondan ziyod kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekistonda 9383ta, xorijda esa 44ta saylov uchastkasi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mavzuga oid