O‘zbekiston | 10:30 / 04.12.2016
20931
1 daqiqa o‘qiladi

Prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylovda ovoz berib bo‘ldi

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 4 dekabr kuni soat 10:00da ovoz berish uchun Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 584-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar berdi.

Nomzod saylov uchastkasiga kelguniga qadar №5 maktabda joylashgan bu saylov uchastkasida 411 kishi (saylov uchastkasida ro‘yxatga olinganlarning 15 foizi) o‘z tanlovlarini amalga oshirib bo‘lgandi.

Ovoz berish jarayoni XXR va Rossiyadan kelgan xalqaro kuzatuvchilar hamda mahalliy kuzatuvchilar shohidligida o‘tkazilmoqda.

Saylovda 21,4 million saylovchi ovoz berish huquqiga ega. Ovoz berish ertalab soat 6.00da boshlandi va soat 20.00gacha davom etadi. Saylovchilarning 33 foizi ovoz berganida saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi. Saylov natijalari dushanba kuni ertalab e'lon qilinishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid