O‘zbekiston | 23:15 / 04.12.2016
18081
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar yana bir bor jahon trendida

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari bugun Respublikamizda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga befarq bo‘lishmadi.

Ular tomonidan Instagram, feysbuk va tvitter ijtimoiy tarmoqlarida #Saylov, #Saylov2016, #Uzbekistan, #Uzbekistan, #MoyVybor, #MoyPrezident, #MoyPrezident, #Mirziyoyev, #VoteForMirziyoyev hamda #MirziyoyevPrezident heshteglari yozib qoldirildi. Natijada mazkur heshteglar foydalanuvchilar, xususan yoshlar orasida ommalashdi.

Shuni alohida e'tirof etish joizki, tahlil natijalariga ko‘ra, eng ommalashgan heshteg #MirziyoyevPrezident heshtegi bo‘ldi. Ushbu heshteg bilan tvitterda 174 mingdan ortiq tvit qoldirildi va heshteg dunyo trendiga chiqdi (tvitlar yozilishi davom etmoqda).

Ushbu heshteg Hashtags.org analitik saytida ham dunyo bo‘yicha mashhur (“yulduzli”) heshteglar orasida eng yuqori pog‘onani egalladi.

Eslatib o‘tamiz, avval ham  ijtimoiy tarmoqning o‘zbekistonlik faol yoshlari bir necha marta (#Navoiy575, #BoburDay va #NavrUZ kabi heshteglar bilan) dunyo trendini zabt etishgan edi.

Mavzuga oid