Sport | 16:29 / 04.12.2016
15714
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Gvardiola Fabregasni ko‘rishni istamadi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 14-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin raqib jamoa futbolchilari bilan xayrlasha turib, ko‘klar tarkibidagi ispaniyalik futbolchilar Sesk Fabregas va Sesar Aspilikuetani ko‘rmaganga oldi.

Final hushtagi yangraganidan keyin Gvardiola maydonga chiqqan va o‘z jamoasi futbolchilariga o‘yin uchun minnatdorchilik bildirib, ularning qo‘lini siqib chiqqan. Shu joyda bo‘lgan Fabregas o‘zining «Barselona»dagi sobiq bosh murabbiyiga qo‘l uzatgan, ammo Gvardiola namoyishkorona uni mensimay o‘tgan. Shuningdek, boshqa bir ispaniyalik futbolchi Aspilikuyetaning qo‘li havoda qolgan. Uni xijolatda qoldirmaslik uchun mezbonlar himoyachisi Aleksandr Kolarov unga qo‘l uzatgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘yinning oxirgi daqiqasida Serxio Aguero David Luis bilan to‘qnashgach, maydonda ziddiyat yuzaga keldi. Futbolchilar to‘planib turganida avvaliga Fabregas Fernandinoning yuziga shapatiladi, bunga chiday olmagan braziliyalik futbolchi Fabregasni turta boshladi. Uning harakatlarini ko‘rib qolgan hakam Entoni Teylor esa ispaniyalik futbolchini emas, Fernandinoni jazoladi - qizil kartochka.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid