Fan-texnika | 17:27 / 05.12.2016
4970
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy startapi Mitsubishi’dan voz kechdi

Xitoyning WM Motor avtomobilsozlik kompaniyasi, firmaning yangi prototipi deb atalgan suratlarga umuman aloqasi yo‘qligi haqida bayonot berdi. Eslatib o‘tamiz, gap borayotgan suratlar internet tarmog‘ida noyabr oyida paydo bo‘lgan edi. Unda Mitsubishi Outlander Concept-S prototipining biroz o‘zgartirilgan suratlarini ko‘rish mumkin edi. 

«Internetda paydo bo‘lgani va WM Motor kompaniyasi prototipiga tegishli ekani ta'kidlangan suratlarning kompaniyaga umuman aloqasi yo‘q. Avtoishlab chiqaruvchi ushbu suratlar mualliflariga nisbatan zudlik bilan huquqiy choralarni qo‘llashni rejalashtirmoqda. Chunki, ular WM Motor kompaniyasiga putur yetkazadi», — deyiladi firma maktubida. 

Kompaniyaning qayd etishicha, WM Motors prototiplarini ishlab chiqish jarayoni to‘liq maxfiy holatda o‘tkazilmoqda, yangi mahsulotlar haqidagi xabarlar faqatgina kompaniya saytida e'lon qilinadi. 

Weltmeister nomi bilan ham yaxshi ma'lum bo‘lgan WM Motor kompaniyasi rejalari noyabr oyida oshkor bo‘lgan edi. O‘shanda, firma 4ta elektromobil ishlab chiqarishni, ularni Xitoy, Yevropa va AQSh bozorida sotishni rejalashtirayotgani ta'kidlangandi. Shuningdek, kompaniya Venchjou shahrida 1 mlrd dollarlik o‘z korxonasini barpo etishi aytilgandi. Shu bilan birga, WM Motors prototipiga oid degan suratlar Mitsubishi Motors kompaniyasi kontsept karining birmuncha o‘zgartirilgan rasmlari joylangan edi. 

Mavzuga oid