Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozongani ma'lum bo‘ldi
“Yashillar” partiyasining sobiq yetakchisi Aleksandr Van der Bellen o‘ta o‘ngchi raqibi Norbert Xofer ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Reuters Avstriya IIV rasmiy xabariga asosan xabar bergan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Van der Bellen saylovchilarning 53,8, Xofer esa 46,2 foiz ovozini olgan.
Ma'lumot uchun, Avstriya sudi iyulda mamlakatda 22 may kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalarini bekor qildi. Shu sababdan davlat prezidenti saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025