Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron ballistik raketalar ishlab chiqarish hajmini oshiradi
Moliyalashtirish yetishmasligiga qaramasdan, Eronda ballistik raketalar ishlab chiqarish hajmi oshmoqda. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga Eron armiyasining harbiy-koinot kuchlari qo‘mondoni, general Amir Ali Hojizoda ma'lum qildi.
"Moliyalashtirish yetishmasligiga qaramasdan, bizning mutaxassislar ballistik raketalarni yaratishdagi xarajatlarni kamaytirishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada biz bugun ishlab chiqarish hajmi oshganini ko‘rmoqdamiz", deb aytdi general. Uning aytishicha, Eron mudofaa-sanoat majmuasining raketa texnikasi sohasidagi asosiy yo‘nalishlar "uning aniqligi va sifatini oshirish" hisoblanadi.
"Eron oldida turgan va AQSh boshchiligidagi yovuz kuchlar tomonidan yaratilayotgan xatarlarga qarshi turishning yagona yo‘li mamlakat rahbarining (oyatulloh Ali Hameneiy) ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarishimiz hisoblanadi. Aynan shu ko‘rsatmalar tufayli ayni vaqtda biz harbiy-sanoat majmuasining ko‘plab sohalarida o‘z-o‘zimizni ta'minlashga erishdik", deb aytdi general.
Oxirgi vaqtda G‘arb Eron raketa dasturining rivojlanishidan, xususan, ballistik raketalar sinov parvozlari o‘tkazilishidan xavotir bildirmoqda. Biroq Tehron bu sinovlar Eron mudofaa salohiyatini mustahkamlash doirasida o‘tkazilayotgani va hech qanday vaziyatda bahslar va muzokaralarga mavzu bo‘lmasligi kerakligini ta'kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
14:18 / 22.05.2025