Fan-texnika | 18:27 / 06.12.2016
6968
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning NextEV kompaniyasi Tesla Model X raqibini tayyorlamoqchi

Xitoyning 1360 ot kuchiga ega Nio EP9 giperkari NextEV kompaniyasi Tesla Model X modeliga raqobat qila oladigan, ammo o‘sha toifadagi Toyota avtomobili narxida sotiladigan krossoverini ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda Automotive News nashri NextEV asoschilaridan biri Jyek Chengga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Yo‘ltanlamas 70 kVt*soat quvvatga ega batareya bilan ta'minlanadi. Bu esa, avtomobilga qo‘shimcha quvvatlanmasdan 530 kmdan ortiq masofani ortda qoldirish imkonini beradi. Chengning so‘zlariga ko‘ra, krossover «Tesla Model X nimaga qodir bo‘lsa, o‘shani bajara oladi, ammo u arzonga tushadi».

Krossover birinchi navbatda AQSh bozoriga mo‘ljallangan bo‘ladi. U 2018 yil oxiri yoki 2019 yil boshida sotuvda paydo bo‘lishi kutilmoqda. 

NextEV kompaniyasining ilk yo‘ltanlamas elektr giperkari Nio EP9 noyabr oyi oxirida namoyish etilgan edi. Model karbonli monokok, to‘rtta elektromotor va ikkita litiyli batareya to‘plamiga ega. U 2,7 soniyada «yuz»lik dovonini oshib o‘ta oladi. Eng yuqori tezligi soatiga 312 kmni tashkil etgani holda, bir marta quvvatlangach 425 km masofaga yetadi. 

Umuman, Nio EP9 giperkaridan atigi 6 dona ishlab chiqariladi. Uning har biriga NextEV 1,2 mln dollardan sarflaydi. 

Mavzuga oid