Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kolumbiyada halokatga uchragan samolyot uchuvchisi tergovda bo‘lgan
Kolumbiyada 29 noyabr kuni halokatga uchragan LaMia kompaniyasiga qarashli samolyot uchuvchisi Migel Kiroga Boliviyada bir necha ayblov bandlari bo‘yicha tergov ostida bo‘lgan. Uni hisbga olish haqida ham order berilgan. AMI mahalliy axborot agentligining xabar berishicha, Boliviya mudofaa vaziri Reymi Ferreyra bu haqda dushanba kuni matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
«Halokatga uchragan samolyotda uchuvchi bo‘lgan kapitan Kiroga Boliviya HHK tomonidan sud asosida ta'qib qilingan. Unga nisbatan sud qarorini majburiy qo‘llash haqida qaror ham chiqarilgandi», - deya xabar bergan harbiy mahkama rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiroga va yana to‘rt uchuvchi harbiy havo kuchlaridan o‘zboshimchalik bilan ketib qolgani uchun sudga berilgan. Boliviyadagi qonunlarga ko‘ra, davlat hisobidan o‘qigan hamda professional tayyorgarlikdan o‘tgan uchuvchilar ma'lum muddat HHKda xizmat qilga majbur sanaladi.
Kiroga va uning hamkasblari esa belgilangan muddatning yarmini o‘tab, bo‘shashga qaror qilishgan va ular uchun alohida holatlarni hisobga olgan holda munosabatda bo‘lishlarini so‘rashgan. Ferreyraning so‘zlariga ko‘ra, bunga hech qanday jiddiy asos bo‘lmagan. Mudofaa vazirining ta'kidlashicha, uchuvchilarning AQSh va Yevropa davlatlaridagi to‘liq ta'lim kursi Boliviyaga deyarli 100 ming dollarga tushadi.
Shuningdek, Fereyraning aytishicha, LaMia HHKga samolyotlarni ta'mirlash va saqlash bo‘yicha ham qarzdor bo‘lib qolgan, deb xabar qilgan AP.
Ma'lumot uchun, Boliviyaning LaMia yo‘lovchi tashuvchi samolyot 29 noyabr kuni Kolumbiyaning Medelin shahridan 50 kilometr uzoqlikda halokatga uchradi. Uning bortida 77 kishi bo‘lgan bo‘lib, ular orasida Braziliyaning “Shapekoense” futbol klubi a'zolari ham bor edi. Halokatga yoqilg‘ining yetishmovchiligi sabab qilib ko‘rsatildi. Hodisa oqibatida 71 kishi bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi
07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
15:26 / 25.02.2025