Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Guantanamoni AQShning dog‘i deb atadi
Amerika harbiy dengiz kuchlarining Guantanamoda (Kuba) joylashgan qamoqxonasi AQSh faoliyatidagi dog‘ hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakat harbiy havo kuchlarining Florida shtatida joylashgan Makdil bazasidagi chiqishida aytib o‘tgan.
Obamaning tan olishicha, “Guantanamoni yopishning allaqachon vaqti bo‘lgan”. Ammo bu ish hamon bajarilmagan. Obama bularning barchasiga AQSh Kongressini to‘la aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “AQSh Kubada 60ga yaqin mahbusni ushlab turish uchun millionlab dollar pulni havoga sovurmoqda”.
"Agar Kongress o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, tarix unga o‘zining ayanchli bahosini qo‘yadi", - dedi Obama. Amerikalik yetakchi “millatga dog‘ bo‘lib turgan bu holatni yo‘q etish uchun” barcha imkoniyatlardan foydalanishini va'da qilgan.
Ma'lumot uchun: Guantanamo qamoqxonasi 2002 yilda AQSh prezidentlaridan biri kichik Jorj Bush tomonidan tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
13:32 / 10.05.2025
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
20:59 / 30.01.2025
«Yomondan yomonlar uchun». Tramp noqonuniy migrantlarni Guantanamoga yuborishni buyurdi
09:15 / 15.01.2025
Kuba AQSh bilan kelishuv doirasida 553 mahbusni ozod qiladi
17:31 / 07.01.2025