Sport | 03:30 / 07.12.2016
11272
2 daqiqa o‘qiladi

S guruhi. «Barselona» doimgidek nahang rolida

Foto: Twitter/Champions League

Guruh uchun hech narsani hal qilmaydigan so‘nggi turda «Barselona» o‘z uyida «Borussiya M»ni qabul qilib, maydonda istagancha raqsga tushdi. Avvaliga Lionel Messi o‘zining chempionlar ligasidagi 93-golini kiritgan bo‘lsa, keyinchalik Arda Turon o‘zini namoyish etdi. Turk futbolchisining xet-treki Enrike jamoasiga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi.

«Manchester Siti» esa yoshlar va zaxiradagi futbolchilardan iborat aralash tarkib bilan «Seltik»ka qarshi uchrashuvda durang natija qayd etdi va guruh bosqichini 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.

Yevropa chempionlar ligasi. 6-tur

Barselona (Ispaniya) – Borussiya (Myongxengladbax, Germaniya) 4:0 (1:0)
Gollar:
1:0 – 16 Messi, 2:0 – 50 Turon, 3:0 – 53 Turon, 4:0 – 67 Turon.
Barselona: Sillessen, Aleish Vidal, Umtiti, Din, Suares, Maskerano, Inesta (Rafinya, 61), Andre Gomesh, Turon (Kardona, 74), Messi, Pako Alkaser.
Borussiya M: Zommer, Shults (Jonson, 59), Yanchke, Vestergor, Korb, Azar (Raffael, 72), Daud (Kramer, 59), Kristensen, Xan, Elvedi, Shtrobl.
Ogohlantirish: Daud (55).

Manchester Siti (Angliya) – Seltik (Shotlandiya) 1:1 (1:1)
Gollar:
0:1 – 4 Roberts, 1:1 – 8 Ixeanacho.
Manchester Siti: Kabalero, Klishi, Maffeo (Navas, 62), Adarabioyo, Sabaleta, Sane, Fernando, Nolito, Gundo‘g‘an, Sanya, Ixeanacho.
Seltik: Gordon, Lyustig, Shimunovich, Svyatchenko, Isagirre, Braun, Rogich, Roberts, Forrest (Makay-Stiven, 51), Armstrong, Dembele (Griffits, 73).
Ogohlantirishlar: Lyustig (44), Gundo‘g‘an (79), Braun (85).

 

Mavzuga oid