Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro koalitsiya Mo‘suldagi IShID marrasiga zarba yo‘lladi
AQSh boshchilik qilayotgan xalqaro koalitsiya Mo‘sulda IShID terrorchilari tomonidan foydalanib kelingan shifoxonaga havo zarbalari yo‘lladi.
6 dekabr kuni Iroq xavfsizlik kuchlari IShID tasarrufida bo‘lgan Mo‘sul sharqidagi Al-Salem shifoxona majmuasini egallashga harakat qilishdi. Terrorchilar shifoxonadan o‘zlarining bazasi va shtab-kvartirasi sifatida foydalanib kelishgan. Iroqliklar tumanni egallab olishgach, jangarilar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga va bir qancha qayta hujumlar uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
7 dekabr kuni Iroq bo‘linmalari terrorchilar bilan jang davomida ularning pozitsiyalariga qarata og‘ir pulemyot va granatomyotlardan o‘q uzishgan. Shu bilan birga koalitsiyadan havo zarbasini berishda yordam so‘rashgan. Samolyotlar jangarilarning marrasiga aniq zarba yo‘llagan.
Ma'lumot uchun: Mo‘sul ikki yildan buyon IShID jangarilari qo‘l ostida turibdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025