Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASAdan yangi suratlar: Saturnda bo‘ron
“Kassini” fazoviy stansiyasi yuqori orbitadan turib Yerga ilk fotosuratlarni jo‘natdi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.
Yangi suratlarda Saturnning shimoliy yarimshari yuqori atmosferasida yuzaga kelgan bo‘ron tasviri aks etgan. Uning ko‘rinishi oltiburchak shaklini eslatib yuboradi.
Olimlar yaqin vaqtlar ichida stansiya tomonidan Saturnning tashqi xalqalari orqali tushirilgan yangi suratlarni olishdan umid qilishmoqda.
Ma'lumot uchun: joriy yilning noyabr oyida 12 yildan buyon Saturn va uning yo‘ldoshlarini o‘rganuvchi “Kassini-Gyuygens” ilmiy missiyasi yakuniy bosqichga kirdi.
Mavzuga oid
19:53 / 26.11.2024
NASA Saturn yo‘ldoshiga o‘z missiyasini uchiradi
10:10 / 24.10.2023
Mahalliy yo‘ldosh aloqa turlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda
21:43 / 24.11.2021
«Yerni qutqarish missiyasi» – «Kosmik kamikadze» asteroid orbitasini o‘zgartirishga urinib ko‘radi
15:41 / 19.02.2021