Pokistonda qulagan samolyot "qora qutisi" topildi

Foto: geo.tv
Pokistonda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davomida 7 dekabrda qulagan yo‘lovchi samolyoti "qora qutisi" topildi. Bu haqda Geo TV’ga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. "Qora quti"ning qanday holatda ekanligi ma'lum qilinmagan.
Pakistan International Airlines aviakompaniyasi samolyoti Xavelian shahri yaqinida halokatga uchragan. Samolyotda 47 kishi bo‘lgan. Ulardan hech kim omon qolmagan.
Samolyot Chitraldan Islomobodga uchayotgan bo‘lgan. Rasmiy vakilning ma'lum qilishicha, samolyot halokatga uchrashi sabablari noma'lum. Uning dvigatellaridan biri ishlamay qolgani taxmin qilinmoqda. Tergov olib borilmoqda.
Aviakompaniyada samolyot soz holatda bo‘lgani ma'lum qilingan. Aviahalokat joyidagi qidiruv operatsiyasida 500 harbiy ishtirok etmoqda. Shuningdek, aviatsiya jalb qilingan.
Mavzuga oid

21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi

21:40 / 04.05.2025
Hindiston Chenab daryosi orqali Pokistonga suv yetkazib berishni to‘xtatdi

16:01 / 04.05.2025
Pokiston ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

01:55 / 01.05.2025