Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zini Parij terakti jabrdiydalari sifatida ko‘rsatgan juftlik sud qilindi
2015 yilning noyabr oyida Parij teraktida o‘zini jabrdiyda sifatida ko‘rsatgan erkak hamda ayol olti va uch yillik qamoq jazosiga tortildi. Bu haqda 20minutes gazetasi yozmoqda.
Gazeta ma'lumotiga ko‘ra, 36 yashar Aleksandr D. olti yilga, uning rafiqasi 29 yashar Isabell V. esa uch yilga hukm qilingan. Avvalroq juftlik terakt jabrdiydalari sifatida 60 ming yevro tovon puli olgan edi. Isabellning so‘zlariga ko‘ra, ular pullarni “hayotlariga tahdid solgan kreditorlarga to‘lashgan”, shuningdek, “farzandlarini xursand qilishgan” va “transport sotib olishgan”. Sudning hukmicha, juftlik olgan pullarini qaytarib berishlari kerak bo‘ladi.
Politsiya ularning hiylasini juftlik 2016 yilning 14 iyul kuni Nitstsadagi terakt sabab tovon puli so‘rashganida aniqladi. O‘shanda terakt jabrdiydalariga tovon puli to‘laydigan fond xodimlari politsiyaga murojaat etadi. Shundan so‘ng, olib borilgan surishtiruv ishlarida juftlik Parij terakti vaqtida boshqa shaharda bo‘lganligi oydinlashadi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025