Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolgariyada dahshatli temir yo‘l halokati ro‘y berdi
Bolgariyaning Shumen viloyati Xitrino aholi punktida yuk poyezdi izidan chiqib ketgan. U propan-butan gazlari to‘ldirilgan 26ta sisternani olib ketayotgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda BTV telekanali.
«Kamida, 4 kishi halok bo‘lgan, 20dan ortiq odam yaralangan», —deya o‘t o‘chirish bo‘linmasi rahbari Nikolay Nikolov so‘zlarini keltiradi telekanal.
Aniqlanishicha, hodisa oqibatida bir necha bino qulagan, 12 kishi vayronalar ostidan olib chiqilgan.
Jabrlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgani, voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va shifokorlar faoliyat yuritayotani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
14:49 / 21.05.2025
O‘zbekiston delegatsiyasi Bolgariya prezidenti administratsiyasida uchrashuv o‘tkazdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
00:11 / 13.05.2025