Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meva-sabzavotlar yetishtirish mumkin bo‘lgan elektrokar namoyish etiladi
Shveytsariyaning Rinspeed kompaniyasi o‘simliklar yetishtirishga mo‘ljallangan bog‘ bilan jihozlangan elektrokar loyihasini taqdim etdi. Bu haqda «Kommersant'» xabar berdi.
Loyiha Oasis deb nomlanib, uning eng asosiy o‘ziga xos xususiyati – ro‘paradagi oyna tagida o‘simlik yetishtirish mumkin bo‘lgan maxsus joyning borligidir. Panel o‘zining iqlim-nazorati va gidroponikaga ega bo‘lib, unda meva-sabzavotlar ham yetishtirish mumkin.
Elektrokarda boshqaruv harakatlar va ovozlarni tanish imkoniga ega bo‘lgan egik 5K-displeyi yordamida amalga oshiriladi. Rul chambaragi esa yig‘ilib, kichkina stolchaga aylanishi mumkin.
Elektrokarni ilk bora Las-Vegasdagi CES iste'molchilar elektronikasi ko‘rgazmasida namoyish etish rejalashtirilmoqda. U 2017 yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:48 / 25.05.2024
Meva va sabzavotlarning o‘rtacha eksport narxlari ma’lum qilindi
18:19 / 07.03.2024
Meva-sabzavotlarning eksport narxini tartibga solish: nega bunday qilinyapti?
18:54 / 02.07.2023
Uchar elektrokar, yog‘och shahar va olma teradigan dronlar – hafta texnodayjesti
12:37 / 05.02.2023