Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: «Krasnodar» Odil Ahmedovni sotmoqchi
Rossiyaning «Krasnodar» jamoasi o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedovdan qutilmoqchi. Ushbu futbolchining badal puli 7 - 8 million yevro etib belgilangan.
Sport Ekspress xabariga ko‘ra, ayni vaqtda ushbu 29 yoshli yarim himoyachining xizmatlariga Xitoyning «Shandun Lunen» jamoasidan qiziqish bor.
Xitoy chempionatida legionerlar limiti (1 osiyolik + boshqa qit'a vakillari uchun 4 o‘rin) shunday transfer zaruratini yuzaga keltirgan.
Ayni vaqtda yulduzli «Shandun Lunen» tarkibida 5 nafar xorijlik futbolchi bor – Grasiano Pelle, Papiss Sisse, Valter Montilo, Jil va Jusiley.
«Shandun Lunen» o‘tgan mavsumda Xitoy chempionatida 16 jamoa ichida 14-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi
11:07 / 03.05.2025
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi
21:14 / 07.04.2025
Toshkentdan Krasnodarga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
10:23 / 10.02.2025