Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Aeroflot» samolyoti parvozdan so‘ng Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasining SU1871 «Toshkent-Moskva» yo‘nalishi bo‘yicha qatnovini amalga oshirayotgan samolyot havoga ko‘tarilgach, ko‘p o‘tmay, O‘zbekiston poytaxtiga qaytib qo‘ndi. Bu haqda Gazeta.uz sayti xabar qilmoqda.
A330 havo layneri Toshkentdan shundoq ham bir soat kechikib, soat 4:30 o‘rniga 5:35da havoga ko‘tarilgan. Kutish kengligida ruxsatni kutgan samolyot 6:05da aeroportga qo‘ngan.
Ekipaj a'zolari havo laynerining ortga qaytishiga parvoz chog‘ida kuzatilgan nosozlikni aytishgan. Ayni vaqtda, yo‘lovchilar kutish zaliga keltirilgan. Uning parvoz qilish vaqti noma'lum.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025