Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple qurilmasi zaryadlash vaqtida portlab ketdi
Xitoyning Tencent resursi Apple mahsuloti bo‘lgan iPad Air qurilmasining portlash holati haqida xabar berdi. Qurilma zaryadlash vaqtida haddan ziyod qizib ketganligi tufayli portlab ketgan va uning bo‘laklari butun xonaga sochilib ketgan. Hi-Tech nashri shu haqida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, portlash haqida Ninbo shahrida yashovchi Lin familiyali kishi ma'lumot bergan. U kechqurun 2015 yilda ishlab chiqarilgan planshetni olib, zaryadlashga qo‘yganini ta'kidlagan.
Tunda esa planshet qattiq qizib ketgan va portlagan. Portlashdan keyin zaryadlashga qo‘yilgan javonning ustida katta qora dog‘ qolgan. Qurilmaning o‘zi esa bo‘laklarga ajralib ketgan, uni qayta tiklashning iloji yo‘q.
Linning so‘zlariga ko‘ra, o‘zining jabrlanmaganligi ham katta gap. Ta'kidlanishicha, o‘sha paytda Linning egnida bo‘lgan qalin kiyim uni qutqarib qolgan. Planshet egasi uning farzandlari portlagan iPad Air suratini ishlab chiqaruvchiga yo‘llaganini ma'lum qilgan. Apple hozircha bu borada hech qanday izoh bermagan.




Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
20:56 / 11.05.2025