Sport | 20:15 / 12.12.2016
9129
1 daqiqa o‘qiladi

Eldor Shomurodov Moskvadagi jamoalardan biriga o‘tishi mumkin

Foto: O‘FF matbuot xizmati

«Bunyodkor» klubining O‘zbekiston milliy terma jamoasida to‘p suradigan hujumchisi Eldor Shomurodovga xorijning bir qator jamoalaridan qiziqish mavjud.

21 yoshli futbolchi o‘tgan haftada Moskvada bo‘lgan. U o‘zining Instagram sahifasiga surat joylagan va safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.

U Moskvaning TsSKA jamoasi safiga o‘tishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, 2015 yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun kurash olib borgan Eldor Shomurodov bir oy avval ProSport Management kompaniyasi bilan o‘zaro bitim tuzgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid