Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi ikki terakt haqida hozirga qadar bilganlarimiz
Shanba kuni kechqurun Istanbulda sodir bo‘lgan ikki portlash barchaning yuragiga g‘ulg‘ula soldi. Terrorchi hujumlar haqida hozirga olingan ma'lumotlar bilan Daily Sabah nashri bo‘lishdi.
10 dekabr kuni Istanbulda, Machka park yaqinida ikki portlash qayd etildi. Portlashlardan birini xudkush-terrorchi sodir etgan bo‘lsa, yana biri avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning ishga tushishi natijasida ro‘y bergan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, teraktlar natijasida 39 nafar kishi halok bo‘lgan, 155 nafari turli jarohatlar olgan. 14 nafar jabrlanuvchi esa intensiv davolash muolajalarini olmoqda.
Teraktlarning ertasiga, yakshanba kuni "Kurdiston ozodligi lochinlari" (TAK) teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
TAK'ga ko‘ra, jangarilarning ikki nafar a'zosi hujum paytida halok bo‘lgan. Shuningdek guruh yaqin kunlarda hujum qilganlar haqida ma'lumot berishini qo‘shimcha qilgan.
Razvedka manbalarining xabariga ko‘ra, xudkush-terrorchi Shimoliy Suriyadagi Demokratik Ittifoq Partiyasi nazoratidagi (PYD - Partiya Yekîtiya Demokrat) zonadan kelgan bo‘lgan. PYD Kurdiston Ishchilar Partiyasi (KIP) terrorchi guruhining Suriyadagi bo‘limidir.
PYD'ning harbiy qanoti bo‘lgan Xalq Himoya Birliklari (YPG - Yekîneyên Parastina Gel) bundan avval, joriy yilning fevralida Turkiyaga urush e'lon qilib, tahdid qilgan.
PYD va YPG KIP terrorchi guruhining Suriyada faoliyat yurituvchi bo‘limlari hisoblanadi. Jangarilar Suriyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tishadi.
Yakshanba kuni Mebeyn prezident qarorgohida Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi yuksak darajali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mamlakatdagi xavfsizlik masalasiga bag‘ishlanib, ikki soat davom etdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025