Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyentiloni Italiya prezidentini yangi hukumat tarkibi bilan tanishtirdi
Italiya prezidentidan hukumatni shakllantirish uchun mandatni qabul qilib olgan Paolo Jyentiloni davlat rahbarini o‘z vazirlar mahkamasi tarkibi bilan tanishtirdi. Bu haqida prezident kantselyariyasi bosh kotibi Ugo Dzampetti ma'lum qildi.
Paolo Jyentiloni va respublika prezidenti Serjo Mattarellaning uchrashuvi bir soatcha davom etdi.
Jyentilonining hukumatiga sobiq bosh vazir Matteo Rentsi hukumatidagi ko‘plab vazirlar kiritildi. Xususan, iqtisodiyot va moliya vaziri Per Karlo Padoan, iqtisodiy taraqqiyot vaziri Karlo Kalenda, Mudofaa vaziri Roberta Pinotti va adliya vaziri Andrea Orlandolar o‘z lavozimlarini saqlab qolishdi.
TIV yangi rahbari lavozimiga bunga qadar mamlakat IIVni boshqarib kelgan Anjyelino Alfano tayinlandi. Uning o‘rnini esa ilgari bosh vazir idorasida maxsus xizmatlarni Marko Minniti egalladi.
Jyentilonining ma'lum qilishicha, seshanba va chorshanba kunlari ikki palata oldiga yangi hukumatga bo‘lgan ishonch masalasi qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025