Jamiyat | 14:23 / 13.12.2016
14356
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik boshlovchi Barak Obamani efirda jiddiy tanqid qildi

Amerikaning Fox News telekanali boshlovchisi Janin Pirro o‘z dasturi efirida Barak Obamani jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu holat uning AQShdagi prezidentlik saylovlariga “rossiyalik xakerlar”ning ehtimoliy aralashuvi yuzasidan tekshirishni aynan hozir boshlagani sabab yuz berdi.

— Siz jiddiy gapiryapsizmi? Nega, nega aynan endi, janob prezident?! Siz WikiLeaks ma'lumotni chop etayotganini bir necha oylar davomida kuzatib keldingiz. Siz Hillari Klinton, Jon Podestalarning maktublari ommaga taqdim etilishini ko‘rdingiz. Hattoki bir og‘iz so‘z ham aytmadingiz! Endilikda sizning nomzodingiz mag‘lubiyatga uchradi, buni esa siz avvalroq o‘zingiz uchun shaxsiy haqorat deb atagandingiz. Endi tekshiruvlarni boshlashga qaror qildingiz... Nega endi hozir? – deya savol bergan teleboshlovchi.

Ma'lumot uchun, Amerika hukumati avvalroq Rossiyani mamlakat Demokratik partiyasi serverlarini buzib kirishda ayblagandi. Shu tariqa, AQSh hukumatining fikricha, Moskva prezidentlik saylovlari natijalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatishga urinib ko‘rgan. Kremlda esa xakerlik hujumlarini rad etishdi.

Mavzuga oid