Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada to‘rt metrli bo‘g‘ma ilon kenguruni yutib yubordi
Avstraliyada to‘rt metrli safsar rangli bo‘g‘ma ilon golf ishqibozlari ko‘z o‘ngida kenguruni yutib yubordi. Bu haqda BBC News xabar bergan.
Voqea Kvinslend shtati shimolida sodir bo‘ldi. O‘yin ishtirokchilari yirik kenguruni o‘rab olgan bahaybat ilonni ko‘rib qolishgan.
“Bu juda ham g‘alati va dahshatli manzara edi”, - deya aytib o‘tdi sportchilardan biri jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, ilonga qurbonini bo‘g‘ib o‘ldirish va yutib yuborish uchun besh daqiqa vaqt kerak bo‘lgan. Shundan so‘ng ilon qurib qolgan soy irmog‘ida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ma'lumot uchun, safsar rangli bo‘g‘ma ilon Avstraliyaning eng yirik iloni sanaladi. Odatda bu turdagi jonivorlar 3,5 metrgacha o‘sishi mumkin, biroq 8,5 metr bo‘lgan ilonlar ham uchragan. Bunday jonivorlarning yirik turlari kenguru va boshqa uy hayvonlarini ovlaydi.
Mavzuga oid
23:14 / 14.05.2025
Bolalar hayvonot bog‘ida kenguru bilan mushtlashgan erkak vafot etdi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
12:13 / 29.04.2025
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi
21:25 / 28.04.2025