Jamiyat | 18:43 / 13.12.2016
12012
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyalik yigit “Makdonalds”da qora bevani tutib oldi

Reddit foydalanuvchilaridan biri Avstraliyadagi “Makdonalds”lardan birida ushlangan o‘rgimchak suratini taqdim etdi.

“Makdonalds”ga xush kelibsiz. Endilikda biz Avstraliya ta'mi bilan uyg‘unlashtirilgan ichimliklarni taqdim etamiz”, - deyiladi surat ostidagi yozuvda. Tasvir bir necha soat davomida deyarli 100 ming marotaba ko‘rilib, 300 ta izohga sabab bo‘lgan. Foydalanuvchilarning ta'kidlashicha, yigit zahri insonning o‘limiga olib keluvchi qora bevani ushlab olgan.

Ko‘pchilik yuzerlar surat muallifiga maslahat berishga shoshilishgan. Ulardan biri o‘rgimchakni o‘ziga olib, uning to‘rlari yordamida pul ishlashni yoki restoran tarmoqlarini “o‘lim mazasini bergan sovuq kofe” uchun sudga berishni taklif qilgan.

Mavzuga oid